Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoridagi vaqtinchalik portni jihozlamoqda
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektoridagi vaqtinchalik portni gumanitar yordam yetkazib berish uchun jihozlamoqchi. AQSh harbiy-dengiz kuchlarining General Frank S. Besson kemasi port yaratish uchun muhandislar va zarur jihozlarni olib, G‘azo qirg‘oqlariga yo‘l oldi.
Mingga yaqin harbiy xizmatchining sa’y-harakati bilan port ikki oy ichida qurilishi rejalashtirilgan. Biroq ular G‘azo sektori hududiga kirmaydi. Port dori-darmonlar, oziq-ovqat va boshqa shunga o‘xshash yuklar bilan kemalarni qabul qiladi.
Isroil hukumati AQShning G‘azo sektorida vaqtinchalik port qurish tashabbusini olqishladi.
AQSH, Yevropa Ittifoqi, BAA va Kipr gumanitar yordam yetkazib berish uchun dengiz yo‘lagi yaratishda ishtirok etmoqda.
Manba: www.aniq.uz