Polsha o‘z hududida Amerika harbiylari sonini ko‘paytirmoqchi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Mahalliy RMF FM xabariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Anjey Duda Varshavaga ko‘proq Amerika qo‘shinlari, Ukraina uchun ko‘proq jihozlar kerakligini ta’kidlagan. Bu gapni u AQShga tashrifi oldidan Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytgan.
Shuningdek, u Trampning NATO haqidagi bayonotlari "shunchaki gap" ekanligiga ishonchi komil. Biroz oldin Tramp, Orban bilan suhbatda u prezident bo‘lganidan so‘ng Ukrainaga "bir sent" ham bermasligini ta’kidlagan edi.
Bugungi kunda Polshada 10 mingga yaqin AQSh harbiy xizmatchilari bor.
Manba: www.aniq.uz