Erdo‘g‘on mamlakatdagi saylovlardan keyin Putinni Turkiyada kutayotganini aytdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Turkiyadagi munisipal saylovlardan so‘ng mamlakatga tashrifini kutmoqda. Bu haqda u 12 mart kuni mamlakatda akkreditasiyadan o‘tgan elchilar oldidagi chiqishida ma’lum qildi.
"Biz Qora dengizdagi ikkala qo‘shnimiz bilan muloqotimizni davom ettirmoqdamiz. O‘tgan juma kuni Istanbulda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni qabul qildik. Turkiyadagi saylovlardan keyin esa biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qabul qilamiz”, — dedi Erdo‘g‘on CNN Türk bian suhbatda.
Turkiyada munisipal saylovlar 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Bundan tashqari, Turkiya davlat rahbari o‘z nutqi davomida Ukraina masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha rejalar, agar ular Rossiya Federasiyasi pozisiyasiga e’tibor bermasa, tinchlikka olib kelmaydi.
Manba: www.aniq.uz