Rossiyaning bir qancha hududlari dronlar hujumiga uchradi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Belgorod viloyatida 11 ta, Bryansk viloyatida 8 ta, Voronej viloyatida yana 29 ta, Kursk viloyatida 8 ta va Ryazan va Leningrad viloyatlarida bittadan dron urib tushirilgan.
"Ryazan viloyatida dron hujumi natijasida neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q", deb yozadi "TASS".
Leningrad viloyati gubernatori Aleksandr Drozdenko hududdagi KINEF neftni qayta ishlash zavodiga yaqinida dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
"Ishlab chiqarish jarayoni odatdagidek davom etmoqda. Qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q", deb yozdi viloyat rahbari o‘zining Telegram kanalida.
Manba: www.aniq.uz