Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Prezidentga murojaatnoma yozgan tojikistonlik fuqaro besh yilga qamaldi

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Prezidentga videomurojaat yozgan Vaxdat shahrida yashovchi Shahboz Sharifbek ekstremizmda ayblanib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb yozadi “Mediazona”.

Nashrning yozishicha, sud 19 yanvar kuni qaror chiqargan va mart oyi boshida Sharifbek Xo‘jand shahridagi koloniyaga jo‘natilgan. Mahkumning xolasining aytishicha, yig‘ilishda jiyani ayblovlarni rad etgan, biroq tojikistonlikning oilasi keyingi muhokamalardan bosh tortgan.

“Pul kerak bo‘lsa, qayerga shikoyat qilamiz, pulsiz iloj yo‘q. Shahboz Xo‘jand qamoqxonasiga olib ketilgan, uning akasi So‘g‘d viloyatidagi harbiy qismlardan birida xizmat qiladi. Uni borib ko‘rish uchun yo‘l pulim ham yo‘q”, – deydi qarindoshi.

Sharifbek hibsga olinganidan keyin olti oy davomida uning oilasi prezident devoni va huquq-tartibot idoralariga shikoyat yozgan, biroq rasmiylar ularning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirgan.

2023 yilning 15 oktyabr kuni bir tojikistonlik 13 daqiqalik videoni e’lon qilgan, unda xavfsizlik kuchlari 82 yoshli buvisini kaltaklash chog‘ida uning ukasini majburan armiyaga olib ketishganini aytadi. U bir necha joyidan yirtilgan ro‘molda buvisining boshini yaqindan ko‘rsatdi. Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonga murojaat qilib, davlat rahbarini Afg‘onistonda ayollar huquqlari poymol etilayotganini ko‘rib, lekin o‘z mamlakatida nimalar bo‘layotganini payqamagani uchun qoralaydi.

Murojaatnoma chop etilgan kunning ertasiga Shahboz Sharifbek qo‘lga olindi. Unga dastlab hukumat amaldorining buyrug‘iga bo‘ysunmaslik aybi qo‘yilgan. Biroq, keyinchalik bu ish ekstremizmga ommaviy chaqiriqlar haqidagi modda sifatida qayta tasniflangan.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish