Ota-onalar farzand tarbiyasida nimalarga e’tibor berishlari kerak – psixolog maslahati
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Psixolog Zarina Qaharmanqizi ota-onalar farzand tarbiyasida nimalarga e’tibor berishlari kerakligi haqida gapirdi.
“Bolani namunali qilib tarbiyalashning ko‘plab usullari mavjud. Ulardan biri - o‘z xatti-harakatlaringiz bilan farzandingizga o‘rnak bo‘lishdir. Masalan, chekuvchi ota farzandiga chekmang, deb qancha aytmasin, foydasi bo‘lmaydi. Shuningdek, farzandiga qo‘l telefonni ushlab yurishga ruxsat bermaydigan ota-onaning kechayu kunduz qo‘lida telefoni bo‘lsa, farzandiga qanday ibrat bo‘ladi? Ikkinchidan, to‘g‘ri qaror va to‘g‘ri harakat uchun bolangizni qo‘llab-quvvatlash va olqishlash kerak”, - deydi psixolog.
Uning fikricha, namunali bola tarbiyasini qulay bola bilan adashtirmaslik kerak. Har doim bolaga tanlash imkoniyatini berish kerak.
“Oddiy misol, siz ertalab uyg‘onganingizda: “O‘g‘lim yoki qizim, tuxum pishirib bersam xohlaysizmi yoki bo‘tqa yeyishni xohlaysizmi?” — deb so‘ragan holda, farzandingizning sevimli taomini pishiring. Bu farzandingizni kelajakda erkintanlash imkoniyatidan foydalanishga o‘rgatadi”, – deydi Zarina Qaharmanqizi.
Manba: www.aniq.uz