Daniya birinchi marta ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy qilishni rejalashtirmoqda
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Daniya birinchi marta ayollar uchun majburiy harbiy xizmatni joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen ma’lum qildi, deya xabar berdi Associated Press.
Hozirda mamlakatda ayollar uchun xizmat ixtiyoriy hisoblanadi. Bundan tashqari, Daniya hukumati har ikki jins vakillari uchun ham majburiy harbiy xizmat muddatini to‘rt oydan 11 oygacha uzaytirmoqchi.
Ayni paytda Daniya armiyasida asosiy tayyorgarlikdan o‘tayotgan 4700 chaqiriluvchidan tashqari 9000 nafargacha professional askar bor. Hukumat tomonidan muhokama qilinayotgan chora-tadbirlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar sonini 5000 nafarga yetkazish uchun zarur.
Harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar 2025 yilda qabul qilinishi, 2026 yilda esa kuchga kirishi kutilmoqda.
Manba: www.aniq.uz