Yaponiya dunyoga jangovar samolyotlar beradi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Yaponiya hukumati Buyuk Britaniya va Italiya mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan yangi avlod qiruvchi samolyotini eksport qilishni ma’qulladi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.
Hukmron koalisiya vakillari Kisaburo Tokay va Yosuke Takagi jurnalistlarga samolyotni Yaponiya hamkorlari foydalanishi uchun taqdim etish zarur, deb hisoblashlarini aytishdi. Yaponiya qonunlari harbiy eksportni juda qattiq cheklashini eslaylik.
Tasdiqlangan tashabbusga ko‘ra, samolyotlar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Malayziya, BAA, AQSH, Singapur, Tailand, Filippin, Fransiya, Shvesiya kabi davlatlarga yetkazilishi mumkin.
Manba: www.aniq.uz