BMT: Suriyada 16,7 million kishi gumanitar yordamga muhtoj
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Hozirda Suriyada 16,7 million kishi gumanitar yordamga muhtoj. Bu haqda BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersenning Suriyada qurolli mojaro boshlanganining 13 yilligi munosabati bilan bergan bayonotida aytiladi.
Pedersenning ta’kidlashicha, inqirozga siyosiy yechim haligacha erishilmagan, mintaqadagi keskinlik esa vaziyatni yanada fojiali qiladi.
«Suriya xalqi uzoq vaqt davomida jamiyatning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatuvchi so‘zsiz zo‘ravonlik va vayronagarchiliklardan aziyat chekdi. Suriyadagi gumanitar inqiroz chuqurlashishda davom etmoqda, 16,7 million kishi gumanitar yordamga muhtoj. Bu mojaro boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich», — dedi u.
Maxsus vakilning qo‘shimcha qilishicha, 5 milliondan ortiq suriyalik qochqin qo‘shni davlatlarda boshpana topgan, 7 milliondan ortiq kishi esa mamlakat ichida o‘z uyini tashlab ketgan.
Pedersen mojaroning barcha tomonlarini zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga, o‘zboshimchalik bilan hibsga olinganlarni zudlik bilan va so‘zsiz ozod qilishga chaqirdi.
Shuningdek, u xalqaro hamjamiyatni ishonchni mustahkamlash choralarini ko‘rish, Suriya Konstitusiyaviy qo‘mitasi faoliyatini qayta boshlash va BMT Xavfsizlik kengashining 2254-soniga muvofiq barcha mavjud masalalarni har tomonlama muhokama qilish uchun kuchlarni birlashtirishga va siyosiy bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Manba: www.aniq.uz