Rossiyadagi saylovning birinchi kunida butun mamlakat bo‘ylab saylov qutilariga shikast yetkazildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Markaziy saylov komissiyasi aybdorlarga qamoq jazosi bilan tahdid qilmoqda
Moskvada saylov qutilari shikastlangani haqida kamida ikkita holat ma’lum: birinchisida saylov uchastkasida qiz unga bo‘yoq quygan, boshqasida ovoz berish kabinasi yonuvchan suyuqlik sepib yoqib yuborilgan. Ikkala aybdorga nisbatan ham "saylov huquqlarini amalga oshirish yoki saylov komissiyalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish" bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi va Sankt-Peterburgdagi saylov uchastkalariga o‘t qo‘yishga urinishlar bo‘lgan. Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko‘ra, Volgograd viloyatida, Karachay-Cherkesiyada, Voronej viloyatida Rostov-na-Donda va Simferopolda ham saylov qutilariga yashil bo‘yoq to‘kib yuborilishi holatlari qayd etilgan.
"Saylov uchastkalari va qutilariga zarar yetkazilgan ko‘plab hodisalar bunga xorijiy kuchlarning aloqasi borligidan dalolat beradi. Bu oddiy bezorilik emas, balki terrorizm unsurlariga ega harakatdir", — deya Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova yuqoridagi holatlarga munosabat bildirdi.
Manba: www.aniq.uz