Singapur G‘azo aholisiga gumanitar yordam jo‘natadi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Singapur harbiy-havo kuchlari 16-17 mart kunlari G‘azo sektori aholisiga havodan gumanitar yordam jo‘natadi.
Bu haqda Singapur tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “Report” TASS agentligiga tayanib.
Yuklarni havodan quyida joylashgan aholiga o‘tkazish Iordaniya havo yo‘lagi orqali amalga oshiriladi.
Jarayon Iordaniya Qurolli kuchlari ko‘magida “Singapur C-130” harbiy-transport samolyoti tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bir necha yuqori martabali rasmiylar hamrohligida operasiyani qo‘llab-quvvatlash uchun 16-17 mart kunlari Iordaniyaga tashrif buyuradi.
O‘z navbatida, Singapur Bosh vaziri Li Syan Lun Iordaniya qiroli Abdulla II ga maktub yo‘llab, insonparvarlik yuklarini yetkazib berishda ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Manba: www.aniq.uz