Somalida prezident saroyi yaqinida terakt bo‘ldi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
14 mart kuni Somalida prezident saroyi yaqinida joylashgan mehmonxonada yonida terakt sodir etilgan. Hodisa oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan va 27 kishi jarohatlangan. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 14 martga o‘tar kechasi poytaxt Mogadishudagi SYL mehmonxonasiga qurollangan besh kishi bostirib kirgan. Jangarilar xavfsizlik kuchlari tomonidan otishmada yo‘q qilingan.
Hujum oqibatida 3 nafar askar halok bo‘lgan, 27 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Jangarilar bilan otishma davomida mehmonxonada bo‘lgan hukumat a’zolari va mehmonlarni xavfsiz hududga ko‘chirishga erishilgan.
Somali polisiyasi vakili polkovnik Qosim Ahmad Roble ma’lum qilishicha, terakt ijrochilari “Ash-Shabob” terrorchilik guruhidan vakillari bo‘lgan. Rasmiy manbalar polkovnikning ma’lumotini tasdiqlamagan.
AQShning Mogadishudagi elchixonasi terroristik hujumni qat’iy qoralashini ma’lum qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Somalidagi bu hujum islomning muqaddas pamazon oyi qadriyatlariga zid ekanini qayd etgan.
Manba: www.aniq.uz