Isroilning navbatdagi nishongi Livan janubi bo‘ldi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
15 mart kuni Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi “Hizbulloh” askarlari to‘plangan nuqtalarga hujum uyushtirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, dastavval Isroil aviasiyasi Hula aholi zonasidagi nuqtalarni bombardimon qilgan. Havo kuchlari armiyasi rasmiylari ,shuningdek, Livandagi qurolli guruhning Marvaxindagi kuzatuv postiga zarba berilgani, Xamul hududidagi artilleriya o‘rnatmalari to‘liq yo‘q qilingani haqida ma’lum qilgan.
Oldinroq, Isroil armiyasi “Hizbulloh” guruhining Kafr Kila va Labbunahdagi infratuzilmasiga hujum uyushtirganini da’vo qilgan edi. Arab nashrlari mazkur xabarni tasdiqlamagan.
Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi keskinlik o‘tgan yilning oktyabrida boshlangan edi. “Hizbulloh” rahbariyati HAMAS tarafini olib, Isroilga qarshi harbiy harakat boshlagan. Ikki tomon o‘rtasidagi kurashlar oqibatida shu paytga qadar 300 nafarga yaqin livanlik halok bo‘lgan, ulardan 240 nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Hizbulloh” a’zosi bo‘lgan. Isroil tomonidan 20 nafarga yaqin chegara hududlari aholisi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Isroil va “Hizbulloh” janglari keskinlashuvi fonida Livan janubidagi 90 mingdan ortiq aholi o‘z turar joylarini tashlab, shimoliy tumanlarga ko‘chib ketgan.
Manba: www.aniq.uz