Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Husiylar Hind okeanidagi kemalarga hujum qilish rejalarini e’lon qildi

Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Yaman husiylarining «Ansorulloh» harakati Isroilga aloqador kemalarga qarshi harbiy amaliyotlar ko‘lamini kengaytirayotganini e’lon qildi.

Harakat matbuot kotibi Yahyo Sariya so‘zlariga ko‘ra, husiylar endi Afrika janubidagi Hind okeani va Yaxshi Umid burni orqali harakatlanayotgan kemalarga hujum qilish niyatida. Hutiylar allaqachon bir nechta dengiz raketalari va dronlari yordamida Hind okeanida Isroil va Amerikaning uchta kemasiga hujum qilgan.

«Yaman qurolli kuchlari Isroil kemalariga, shuningdek, Isroil bilan bog‘liq yoki Falastin portlariga yo‘l olgan kemalarga qarshi o‘z operasiyalari ko‘lamini kengaytirib, ularni Hind okeani va Yaxshi Umid burni orqali ta’qib qilishni boshladi. Yaman qurolli kuchlari Qizil dengiz va Arab dengizi hamda Hind okeanida Isroil kemalariga to‘sqinlik qilishdan to‘xtamaydi», dedi Yahyo Sariya husiylarga tegishli Al-Masirah telekanali efirida.

Yaman husiylari 2023 yil noyabr oyida AQSh va Britaniya kemalariga, shuningdek, Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujum qila boshladi. Ular o‘z harakatlarini Isroil bilan urushda HAMAS jangarilarini qo‘llab-quvvatlashi bilan izohlagan. 2024 yil yanvar oyida Buyuk Britaniya va AQSh xalqaro koalisiya ko‘magida Yamandagi husiy nishonlariga zarba berishni boshlagan edi.




Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish