BMT: G‘azoda insoniyat inqirozi yuzaga kelyapti
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
– G‘azodagi holat insonparvarlik inqirozi emas, balki insoniyat inqirozidir, – dedi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning Falastindagi vakili Dominik Allen G‘azoga tashrifidan so‘ng Quddus shahrida videokonferensiya orqali Nyu-York jurnalistlari bilan tashkil etilgan suhbatda.
Allen G‘azodagi vaziyatni “dahshatli tush” deb atadi va dezinformasiya, shuningdek zo‘ravonlik jiddiy muammo ekanini qo‘shimcha qildi.
– Ishonch bilan aytamanki, G‘azodagi vaziyat siz tasavvur qilganingiz va suratlarda ko‘rganingizdan ham yomonroq, – dedi u.
G‘azoni tark etgach, 1 million ayol va qiz taqdiri uchun mudhish qo‘rquv va xavotir his qilganini ifodalagan Allen G‘azodagi manzarani tasvirlashning iloji yo‘qligi, odamlar ochlikdan aziyat chekayotgani, juda og‘ir ahvolda ekanini aytdi. G‘azo shimolidagi o‘ta jiddiy vaziyatda insonlar har kuni hayot uchun kurashayotganini qayd etib, “G‘azoda hamma joyda qo‘rquv hukmron”, dedi va ayniqsa, homilador ayollarga qiyinligini qo‘shimcha qildi.
BMT rasmiysi ta’kidlashicha, G‘azo shifokorlari endi chaqaloqlar me’yoriy vazn bilan tug‘ilmayotgani, o‘lik tug‘ilish holati keng tarqalganiga e’tibor qaratgan.
– Shu sababli shifokorlar va doyalar ham insonparvarlik sulhini istamoqda, – dedi u.
Manba: www.aniq.uz