Doha shahrida «Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana» ko‘rgazmasi ochildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Qatar poytaxti Doha shahrida «Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana» ko‘rgazma loyihasi taqdim etilishi haqida xabar berilgandi. Unda prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etmoqda.
«Biz shu kunlarda Qatarning poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tayotgan dizayn biyennalesida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan birgalikda Crafting Uzbekistan: Tradition in Threads ko‘rgazma loyihasini taqdim etmoqdamiz.
Ushbu tadbirda ham mahalliy, ham mintaqaviy, ham global miqyosda dizayn sohasiga oid ilg‘or tajribalar almashinuvi bo‘lib o‘tadi. Undagi ishtirokimizdan mamnunman», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Uning bildirishicha, «Hunarmand O‘zbekiston: tolalardagi an’ana» ko‘rgazmasida O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan zamonaviy ijod uyg‘unligi namoyish etilmoqda.
«Ko‘p asrlik tarixga ega hunarmandchiligimizning bebaho merosi bizni an’ana va madaniyatimizni asrab-avaylashga undaydi», — dedi Saida Mirziyoyeva. U Qatar Muzeylar idorasi vakillariga global madaniy almashinuvni rivojlantirish va badiiy innovasiyalar yaratish yo‘lidagi harakatlari, shuningdek, biyennalega taklif uchun minnatdorchilik bildirdi. Ma’lumot uchun, 24 fevralda boshlangan ko‘rgazma 30 martga qadar davom etadi.
Manba: www.aniq.uz