Parijda G‘azoda asirga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar sxemasi kelishib olindi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Fransiyada Isroil va HAMAS terrorchilik guruhi o‘rtasida asirga olingan odamlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlash sxemasi kelishib olindi. Bu haqda Ynet nashri siyosiy doiralardagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, keyingi qadam G‘azo sektorida qo‘yib yuborilishi rejalashtirilayotgan odamlarning ism-shariflari va o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini muhokama qilish bo‘ladi. Bu reja urush kabinetida, tasdiqlansa, kengaytirilgan Isroil vazirlar mahkamasida kun tartibiga kiritiladi.
Manba: www.aniq.uz