Rossiyaliklar dunyoning 100 ta shahrida urushga qarshi aksiyalarga chiqmoqda
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Rossiyaliklar ketma-ket ikki kundan beri urushning ikki yilligi munosabati bilan Ukraina xalqi bilan birdamlikni namoyish qilish va Putinning harbiy tajovuziga qarshi ekanliklarini bildirish uchun mitinglarga yig‘ilmoqda. Dunyoning 28 mamlakatida “Rossiya urushga qarshi qo‘mitasi” homiyligida mitinglar o‘tkazilmoqda. Ba’zi shaharlarda ukrainaliklar tomonidan uyushtirilgan mitinglarga rossiyaliklar ham qo‘shilyapti.
Umuman olganda, “MO” hisob-kitoblariga ko‘ra, norozilik namoyishlari 100 ta shaharda bo‘lib o‘tgan. “MO” obunachilari mitinglardan fotosuratlar bilan o‘rtoqlashdi.
Malmyoda (Shvesiya) installyasiya o‘rnatildi – bolalar o‘yinchoqlari bilan to‘ldirilgan tirkamada oq qafas. Ular Rossiya Federasiyasiga majburan olib ketilgan ukrainalik bolalarning ramzi. Musiqachilar namoyishchilar oldida ukrain tilida qo‘shiqlar ijro etmoqda, aksiya ishtirokchilari esa Ukraina bayroqlarini ko‘tarib olgan.
Vashingtonda faollar Rossiya elchixonasi binosi oldida chiroqli performans tashkil qildi. Bu yerda ular: “Ukraina uchun g‘alaba. Diktaturaga yo‘q. Urushga qarshi” satrlarini yoqib qo‘yishdi. Faollar elchixona yonida rus va ingliz tillarida urushga qarshi plakatlar bilan to‘planishdi: “2 yil davom etayotgan urush, shunday bo‘lishi mumkinmi?!”, “I’m Russian and I support Ukraine”.
Gyottingen shahrida (Germaniya) motam aksiyasi o‘tkazildi. Yig‘ilganlar sham yoqib, halok bo‘lgan ukrainaliklarning fotosuratlari turgan yodgorlik poyiga gullar qo‘yishdi. Bir qancha faollar nemis tilidagi plakatlar bilan kelgan, olomon orasida Ukraina va Yevropa Ittifoqi bayroqlari ko‘tarildi.
Manba: www.aniq.uz