Salvador prezidenti Sorosni mahalliy OAVni moliyalashda aybladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Salvador prezidenti Nayib Bukele amerikalik venchur kapitalist va filantrop Jorj Sorosni ommaviy axborot vositalarini global kun tartibini buzib ko‘rsatish uchun moliyalashtirganlikda, shuningdek, o‘z mamlakatidagi hukumat siyosati va qonunlarini diktalayotganlikda aybladi.
“Report”ning xabar berishicha, N. Bukele uzoq vaqtdan beri Sorosni Salvadorga “Ochiq jamiyat” jamg‘armasi orqali ta’sir o‘tkazgani uchun tanqid qilib keladi.
“Nega Soros o‘z kun tartibini ilgari surish huquqiga ega deb hisoblaydi?”, dedi u Merilendda (AQSh) yillik konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida.
Prezident, shuningdek, Salvadorning bir qancha chap qanot nashrlarini unga qarshi tuhmat kampaniyasi olib borishda ayblab, ular ham Soros tomonidan moliyalashtirilganini da’vo qildi: “Barcha Lotin Amerikasi davlatlarida Sorosdan maosh oladigan OAV va “jurnalistlar” bor”. Ular aslida jurnalist emas, ular o‘ziga xos va buzib ko‘rsatilgan global kun tartibiga ega siyosiy faollar”.
Manba: www.aniq.uz