«Falastinga ozodlik!» Amerikalik uchuvchi Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida o‘zini yoqib yubordi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
AQSh harbiy-havo kuchlarining faol harbiy xizmatchisi Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida o‘zini yoqib yuborishga urindi. Shu tariqa, 25 yoshli Aaron Bushnel G‘azo sektoridagi genosidga qarshi norozilik bildirishga qaror qildi.
Internetda tarqatilgan kadrlarda uniformadagi yigit o‘zini AQSh harbiy-havo kuchlarining faol a’zosi sifatida tanishtirib, «Men endi genosidda qatnashmayman», deb aytganini ko‘rish mumkin.
Vashingtondagi Isroil elchixonasi oldida yurgan Bushnel shunday deydi: «Men hozir juda kuchli norozilik namoyishi uyushtiryapman, lekin falastinliklar o‘z bosqinchilari qo‘lidan azob chekayotganlar oldida mening harakatlarim unchalik farq qilmaydi».
Keyin o‘ziga boshdan-oyoq benzin quyib, olov yoqadi va baland ovozda «Falastinga ozodlik!» deb bir necha bor qichqiradi.
Avvalroq Anadolu agentligi Vashington yong‘in xavfsizligi va shoshilinch tibbiy yordam xizmati vakiliga tayanib, mahalliy vaqt bilan soat 13:00 atrofida o‘zini o‘zi yoqishga urinish haqida o‘t o‘chirish bo‘limiga xabar berilgani haqida xabar bergan edi.
«Biz voqea joyiga yetib kelganimizda, uniforma kiygan xavfsizlik xodimlari allaqachon yong‘inni o‘chirib bo‘lganini ko‘rdik», — deyiladi muassasa xabarida.
Manba: www.aniq.uz