Rossiya harbiylari Soledar yaqinida Ukraina kuchlarining eshelon mudofaasini yo‘q qilmoqda
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Janubiy kuchlar guruhi tarkibiga kiruvchi Shimoliy flotning 200-alohida gvardiya motoo‘qotar brigadasining motorli miltiqchilari Donbassdagi frontning Artyomovsk uchastkasidagi Soledar yaqinida dushmanning eshelon mudofaasini yo‘q qilish strategiyasi bo‘yicha harkatlanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Artyomovsk yo‘nalishidagi Soledar hududida, jangovar aloqa chizig‘i yaqinida Rossiya harbiy xizmatchilari turli xil mudofaa liniyalarida joylashgan dushmanga qarshi harakat qilishmoqda: 30 kilometrgacha bo‘lgan masofada "Uragan" va "Grad", 10 kilometrgacha bo‘lgan masofada tanklar va artilleriya, ikki kilometrgacha bo‘lgan masofada – granatomyot bilan piyodalar.
“Dushman chuqur eshelonli mudofaa o‘tkazayotganini inobatga olib, biz shunga mos ravishda birinchi eshelonda jang qilyapmiz, bu holatda ertalab dumshanning mag‘lubiyatga uchrayotganini kuzatdik. Pozisiyalarida AGSdan (avtomatik granata otish moslamasi – tahr.) foydalanildi, yirik kalibrli pulemyot ham ishga solindi, dushman yashirinishga uringanida, biz “Metis” tankka qarshi raketa tizimidan foydalandik ", – dedi "Arguna" chaqiruv belgili rota komandiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tadbirlarning barchasi doimiy ravishda o‘zgarib turadigan vaziyatni inobatga olgan holda kechayu kunduz amalga oshirilmoqda. "Biz estafeta tayoqchasini uzatmoqdamiz, mos ravishda bizning hamkasblarimiz – artilleriyachilar ham ikkinchi va uchinchi eshelonda joylashgan dushmanga zarba bermoqda... Shu holda, biz va artilleriya bo‘linmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa har kuni amalga oshirilmoqda", – qo‘shimcha qildi jangchi.
O‘z navbatida, "Uragan" chaqiruv belgili artilleriya batareyasi komandiri uning bo‘linmasi dushmanga, xususan, "Nona-K" avtomatidan o‘q uzayotganini aytdi.
"Birinchi navbatda, biz o‘z batalyonimiz, piyoda askarlarimiz – "dalalar malikasi"ni qo‘llab-quvvatlaymiz va shunga ko‘ra zarur bo‘lgan barcha vazifalarni bajarmoqdamiz", – deb qo‘shimcha qildi u.
Manba: www.aniq.uz