Evropa qiruvchilari Rossiya samolyotlarini kuzatib bordi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Germaniya va Fransiya qiruvchi samolyotlari Boltiq dengizi ustidagi havo hududida Rossiyaning Il-20 razvedka samolyotini kuzatib bordi. 27 fevral, seshanba kuni Germaniya harbiy-havo kuchlarining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar qilinganidek, Eurofighter nemis qiruvchilari Meklenburg-Sharqiy Pomeraniya federal yeridagi Laagedagi bazadan Helsinki sharqida Rossiyaning «parvoz rejasisiz» harakatlangan Il-20M razvedka samolyoti payqab qolinganidan so‘ng trevoga bo‘yicha havoga ko‘tarildi.
Xabarda ta’kidlanganidek, bu 26 fevral kuni sodir bo‘lgan va vizual aloqa o‘rnatilgach, operasiya «hech qanday hodisasiz tugagan».
Keyinchalik fransuz armiyasining X mikroblogida video chop etildi, unda Rossiya razvedka samolyoti va unga hamroh bo‘lgan qiruvchini ko‘rish mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, Fransiyaning Mirage 2000-5 jangovar samolyotlari «Boltiq bo‘yidagi ittifoqchilarimiz havo hududini himoya qilish» maqsadida Estoniya sohillari yaqinida Rossiyaning Il-20 samolyotini tutib olish uchun shay holatga kelgan, ammo bu qachon sodir bo‘lganligi va gap bitta samolyot haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
NATOning Boltiqbo‘yi havo hujumidan mudofaa missiyasi
Boltiqbo‘yi mamlakatlari Estoniya, Latviya va Litva o‘zining jangovar samolyotlariga ega emas, shuning uchun ularning havo hududi xavfsizligi 2004 yildan beri NATO kuchlari tomonidan Boltiqbo‘yi havo polisiyasi missiyasi doirasida to‘rt oylik rotasiya asosida ta’minlanadi. Shu maqsadda alyans ittifoqchilari navbatma-navbat o‘z samolyotlari va xodimlarini Boltiqbo‘yi mamlakatlariga o‘tkazmoqda.
Manba: www.aniq.uz