Rossiyada 9 yil oldin otib ketilgan siyosatchi Boris Nemsov xotirlandi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Muxolifatchi siyosatchi Boris Nemsov Moskvada o‘ldirilganining to‘qqiz yilligi munosabati bilan – 27 fevral, seshanba kuni Rossiya qator shaharlari aholisi siyosiy qatag‘on qurbonlari yodgorliklari poyiga gul qo‘ydi. Ayrimlar 16 fevral kuni Rossiya koloniyasida vafot etgan siyosatchi Aleksey Navalniyning suratlarini ham yodgorliklarga olib keldi.
Ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarida yozilishicha, Boris Nemsovni Moskva, Samara, Vladivostok, Tomsk, Novosibirsk, Barnaul va boshqa shaharlar aholisi xotirlagan. Rossiya poytaxtida ko‘pchilik «Nemsov ko‘prigi» deb ataydigan Bolshoy Moskvoreskiy ko‘prigida muxolifat yetakchisi o‘ldirilgan joyga odamlar gullar va shamlar olib keldi. «Mojem ob’yasnit» Telegram-kanali yozganidek, ko‘prikda polisiya navbatchilik qilgan. Biroq qo‘lga olinganlar haqida xabar berilmagan.
AQShning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi ham Bolshoy Moskvoreskiy ko‘prigiga gullar olib keldi. «Boris Nemsovning merosi rossiyaliklar va butun dunyo xalqlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, so‘z erkinligi va inson huquqlarini himoya qilish uchun ilhomlantirishda davom etmoqda», — deyiladi AQShning Rossiyadagi elchixonasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Sankt-Peterburg aholisi Soloveskiy toshiga to‘qqiz yil avval o‘ldirilgan siyosatchi xotirasiga gullar olib keldi.
Boris Nemsovning o‘ldirilishi
Boris Nemsov 2015 yilning 27 fevral kuni kechqurun Kremldan yuz metr uzoqlikdagi Bolshoy Moskvoreskiy ko‘prigida otib o‘ldirilgan. Sud besh nafar Checheniston fuqarosini aybdor deb topdi va uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qildi, ular orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Bular Zaur Dadayev (qotillikning bevosita ijrochisi), aka-uka Anzor va Shadid Gubashev, Temirlan Eskerxanov va Xamzat Baxayevdir.
Manba: www.aniq.uz