G‘azoda qurbonlar soni qariyb 30 mingga yetdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 29 ming 878 nafarga yetdi. Yana 70 ming 215 nafar falastinlik yaralangan. Bu haqda G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, Kazinform agentligi xabar berdi.
Co‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 96 nafar aholisi Isroil hujumlari qurboni bo‘lgan, 172 kishi jarohatlangan.
Vazirlikning qayd etishicha, Isroil kuchlarining to‘siqlari tufayli shifokorlar va qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan odamlarning jasadlariga yetib bora olmayapti.
G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havo, quruqlik va dengizdagi ommaviy bombardimonlari hamda eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Minglab binolar, jumladan shifoxonalar, masjidlar va cherkovlar ham Isroilning havo va quruqlikdan hujumlari oqibatida zarar ko‘rgan va butunlay vayron bo‘lgan. Isroilda qurbonlar soni hozircha 1200 ga yaqin.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabr kuni XAMAS tomonidan isroilliklarning Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishi va falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban qurolli hujum amalga oshirilgan.
Manba: www.aniq.uz