Niderlandiyada narkomafiya boshlig‘i umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Niderlandiyada kokain savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh rahbari Riduan Tagi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Amsterdam yaqinida 27 fevral kuni bo‘lib o‘tgan sudda jami 17 nafar ayblanuvchi ishtirok etgan. Biroq Tagi sud zalida bo‘lmagan.
AFP’ga ko‘ra, hukm kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ostida sud binosi qurollangan polisiya tomonidan o‘rab olingan, sud zalida pulemyotli va niqob taqqan polisiyachilar hamda patrullik qilayotgan vertolyot va dronlar aylanib yurgan. Shu bilan birga, hukmni e’lon qilgan sudya uning shaxsi yashirin bo‘lishi uchun to‘siq ortida turgan.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, jinoyatchilar birgina 2015 yildan 2017 yilgacha oltita qotillik, to‘rtta qotillikka urinish, bir nechta qotillikka buyruq bergan va Tagi kimni o‘ldirishni hal qilib, hech kimni ayamagan. U boshqargan guruh Yevropadagi eng yiriklaridan biri hisoblanadi va Mocro Maffia deb ataladi. Barcha sudlanuvchilar aybdor deb topilgan va turli muddatga qamoq jazosi hamda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Manba: www.aniq.uz