Isroil O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lishini ma’qulladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Isroil O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligini ratifikasiya qildi. Tegishli hujjatni Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkat va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev imzoladi.
JST - erkin va adolatli global savdoni ta’minlash maqsadida mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro savdo munosabatlarini boshqaradigan va tartibga soluvchi xalqaro tashkilotdir. 2023 yil holatiga unga 164 mamlakat a’zo bo‘lgan.
Tashkilotga qo‘shilish jarayoni barcha manfaatdor a’zo davlatlar bilan muzokaralarni va bir qator ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Biroq, hal qiluvchi omil - barcha a’zo davlatlardan iborat JST Bosh kengashining konsensusidir.
Konsensus shuni anglatadiki, arizani har bir a’zo davlat tasdiqlashi shart emas. Buning o‘rniga, JST a’zolaridan hech kim nomzodning a’zo bo‘lishiga rasman e’tiroz bildirmasa, jarayon tugaydi. Bu mamlakatning JST a’zosi bo‘lishi uchun barcha a’zolarning umumiy roziligi natijasi bo‘lishini ta’minlaydi.
Manba: www.aniq.uz