Dnestrbo‘yi deputatlari Moldovadan himoya qilishni so‘radi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Dnestrbo‘yi hukumati deputatlar qurultoyi chog‘ida Rossiyaga murojaat etib, maxsus deklarasiyani qabul qildi. Unda Moldova tomonidan mintaqani «iqtisodiy blokada» qilinayotgani ta’kidlangan va Rossiyadan «mamlakatni himoya qilish» so‘ralgan.
Dnestrbo‘yi aslida Moldova tarkibiga kiradi, ammo 1990 yilda mustaqillikni e’lon qilgan. Biroq, uning mustaqilligi tan olinmagan.
Shuningdek, qurultoyda BMT Bosh kotibi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Yevropa parlamenti va Xalqaro Qizil Xochga ham murojaat qabul qilingan. Deputatlar «Dnestrning chap qirg‘og‘i barcha aholisining ijtimoiy va gumanitar huquqlari, manfaatlari va erkinliklarini ta’minlash va mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik»ni talab qilmoqda va «5+2» formatida muzokara olib borishga chaqirmoqda.
Dnestrbo‘yi prezidenti Vadim Krasnoselskiy Moldovani «genosid siyosati»ni qo‘llashda ayblagan.
Dnestrbo‘yi muxolifatchi siyosatchisi Gennadiy Chorba 20 fevral kuni qurultoyda deputatlar Rossiyaga qo‘shilish to‘g‘risida bayonot qabul qilmoqchi ekanini yozgan edi. Uning fikricha, qurultoyni o‘tkazish uchun Moskvadan jamoa jo‘natilgan va Rossiya Federal Majlisi bu arizani tezkor qabul qilishi kerak.
Manba: www.aniq.uz