Xorijiy jurnalistlar Isroildan G‘azoga kirishlarini ta’minlashni talab qildi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Xalqaro ommaviy axborot vositalarining 55 nafar xodimi Isroilni G‘azo sektoriga erkin va to‘siqsiz kirishlarini ta’minlashga chaqirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Maktubni Britaniya va Amerika teleradiokompaniyalari, jumladan, Sky News, ITV, Channel 4, ABC, CBS, NBC, BBC va CNN telekanallari muxbirlari va boshlovchilari imzolagan.
“G‘azoda urush boshlanganidan deyarli besh oy o‘tgach, xorijlik muxbirlarga hududga kirishga ruxsat berilmayapti, Isroil harbiy xizmatchilari hamrohligidagi kamdan-kam sayohatlar bundan mustasno”, — deyiladi maktubda.
Isroil harbiylari jurnalistlarning “xavfsizligi uchun” G‘azoda ularga hamrohlik qilishini aytmoqda, biroq bu safarlar qattiq nazorat ostida bo‘lib, ko‘pincha HAMAS jangarilari foydalanadigan tunnel yoki qurol omborlarini ko‘rsatish bilan cheklanadi.
“Isroil armiyasi hozirda HAMAS terror tashkilotiga qarshi urush olib bormoqda. Jurnalistlar xavfsiz xabar berishlari uchun biz ularni jang maydonida kuzatib boramiz”, — deya da’vo qiladi Isroil armiyasi matbuot kotibi.
Maktubda, shuningdek, Misr rasmiylaridan Misr va G‘azo sektori chegarasidagi Rafah nazorat punktiga kirishni ta’minlash so‘raladi.
Manba: www.aniq.uz