Qozog‘iston parlamenti Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi.
Qonun 2026 yilgacha geostasionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshlardan (Starlink, OneWeb) foydalangan holda aloqa texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha maxsus reglament joriy etishni nazarda tutadi. Bu chekka qishloqlardagi ijtimoiy ob’ektlarni internet bilan ta’minlash imkonini beradi. Endi qonun Senat tomonidan ma’qullanishi kerak.
Bir necha kun oldin Forbes Qozog‘iston mamlakatga 500 ta to‘plamdan iborat Starlink uskunasining birinchi partiyasi olib kelinganini yozgandi. Ularni qishloq maktablariga o‘rnatish rejalashtirilgan.
Manba: www.aniq.uz