Shols nemis askarlari Ukrainaga yuborilmasligini aytdi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
NATO Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmaydi va nemis qo‘shinlari Ukrainaga yuborilmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“NATO mojaro tarafi emas va bo‘lmaydi, keyinchalik ham shunday bo‘lib qoladi. Biz Rossiyaning Ukraina bilan urushi Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushga aylanishini istamaymiz. Bunda biz barcha ittifoqchilarimiz bilan birlashamiz. Bu shuni ham anglatadiki: Germaniyaning urushda ishtiroki yo‘q! Va aniq ayta olaman: Federal kansler sifatida men Germaniya qurolli kuchlari a’zolarini Ukrainaga yubormayman!", – dedi Shols X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan murojaatida.
Bundan tashqari, kansler Germaniya ittifoqdoshlari bilan birgalikda Ukrainaga yordamni oshirish ustida ish olib borayotganini aytdi.
“Ukraina armiyasiga hozir eng zarur narsa bu ko‘proq o‘q-dorilar va ko‘proq qurol, birinchi navbatda havo hujumidan mudofaa. Men o‘tgan haftalarda hamkorlarimiz bilan buning uchun (suhbatlarda – tahr.) faol tashviqot olib bordim. Buni ko‘pchilik tushundi. Biz birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash hajmini oshirishga harakat qilmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Shols.
Manba: www.aniq.uz