Krishtianu Ronaldu nomaqbul ishorasi uchun jazolandi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Saudiya Arabistoni ligasining Etika va tartib-intizom qo‘mitasi «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduni «Ash-Shabab» muxlislariga nisbatan qilgan ishorasi uchun jazolashga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu unga nisbatan «Messi» deya hayqirgan raqib muxlislariga odobsiz ishora qilgan edi.
Ronaldu bitta o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi, shuningdek, 2,6 ming dollar jarimaga tortiladi. Portugaliyalik «Ash-Shabab»ga ham 5,3 ming dollar to‘lashi kerak.
Shu tariqa, Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 29 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan «Al-Hazma» bilan o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Saudiya Arabistoni Pro-ligasining joriy mavsumida 38 yoshli Krishtianu Ronaldu 20 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: www.aniq.uz