Istanbul yolg‘iz sayohatchilar uchun umrida bir marta bo‘ladigan unutilmas tajribalarni taqdim etadi
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Yakkaxon sayohatchilar uchun Yevropaning eng yaxshi yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Istanbul, mustaqil sayohat qiluvchilar uchun keng ko‘lamli qizg‘in faoliyat va tajribalarni taklif etadi. Dunyoga mashhur sayohat nashrlari tomonidan 2024 yil uchun tavsiya etilgan yoqimli, jonli va borish oson bo‘lgan joy Istanbul shahri o‘zining cheksiz xilma-xilligi va mehmondo‘st atmosferasi bilan yolg‘iz sayohatchilarda olam olam taasurotlar qoldiradi. Muzeylar, yodgorliklar, maxsus ko‘rgazma dasturlari, go‘zal ko‘chalar, hashamatli mehmonxonalar, Mishlen yulduzli restoranlar va yuqori darajadagi xarid qilish imkoniyatlari joylashgan bu kosmopolit megapolis tashrif buyuruvchilarni shaharni mustaqil ravishda kashf etishga chorlaydi.
Ikki qit’a bir shahar
Ikki qit’ada qurilgan dunyodagi yagona shahar Istanbulga birinchi tashrifingiz bo‘lsa, Tarixiy yarim oroldan boshlang. Bu hududda ko‘plab yodgorliklar, jumladan, muhtasham Ayasofya va Yerebatan Sarniji, shuningdek, Topkapi saroyi va Sultanahmet masjidi joylashgan. Topkapi saroyi majmuasi bog‘ida joylashgan Istanbul arxeologiya muzeyi Turkiyaning arxeologik merosiga qiziqqan har bir kishi ko‘rishi shart bo‘lgan muzeylardan biridir. Albatta, Istanbulga sayohat ko‘p asrlik Kapali bozorni ziyorat qilmasdan to‘liq bo‘lmaydi. Xuddi shunday, Emino‘nudagi ziravorlar bozori ham tashrif buyuruvchilarga tarixiy muhitda noyob xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi. Choyxonada turli ziravorlar, o‘simlik choylari, quritilgan meva va sabzavotlar yoki boshqa lazzatli taomlarni tatib ko‘rganingizdan so‘ng, siz yaqin atrofdagi parom terminalidan qayiqqa chiqishingiz va Bosfor bo‘g‘ozi bo‘ylab mehmondo‘st sayohatga chiqishingiz mumkin. Afsonaviy Kiz minorasi Bosforning ajoyib manzaralaridan birinchisi.
Manba: www.aniq.uz