Qirg‘izistonda geotermal energiyadan foydalanish rejalashtirilmoqda
Bo'limi
Dunyo yangiliklari, Дунё янгиликлари, Мировые новости, World news
Buyurtma berish
Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligi Xalqaro moliya korporasiyasi (IFC) bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasida isitish va havoni tozalash tizimlari uchun geotermal energiyadan foydalanish bo‘yicha qo‘shma dasturni ishga tushirdi.
Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyevga ko‘ra, Qirg‘iziston bu sohaga milliy darajada e’tiborni kuchaytiradi. Mamlakatni ishonchli va barqaror energiya manbalari, masalan, geotermal usul bilan ta’minlash strategik ahamiyatga ega sohadir.
Geotermal energiya sohasida yetakchi davlatlar qatoriga AQSH, Shveysariya, Fransiya, Polsha, Islandiya, Xitoy va Turkiya kiradi.
Qirg‘izistonda geotermal energiyadan foydalanish bo‘yicha chegirma bilan xususiy sektorni moliyalashtirish dasturlari ishlab chiqiladi.
Geotermal energiya - bu yerning ichki qismidagi issiqlik energiyasidan geotermal elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri isitish yoki issiq suv bilan ta’minlash uchun foydalanishga asoslangan energetika sanoati.
Manba: www.aniq.uz