Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

O‘zbekiston BMTning Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi bilan amaliy hamkorlikni kuchaytiradi

Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadzeni qabul qildi.

O‘zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, shu jumladan Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilinib, kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan rejalar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash lozim, Markaz bilan hamkorlik tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurashish, tinchlikni mustahkamlashda ayollar va yoshlar salohiyatidan foydalanish, nizolarning oldini olish va hal etish, shuningdek, transchegaraviy suv va energiya resurslaridan birgalikda va oqilona foydalanish kabi masalalarni qamrab oladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston BMT doirasida xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, barqarorlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilishga amaliy hissa bo‘lib qo‘shilayotgan tashabbuslarni ilgari surayotgani alohida ta’kidlandi.

Mintaqaviy darajadagi muloqot va hamkorlik uchun turli platformalar, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti atigi 3 yil ichida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha dolzarb takliflarni ishlab chiqish uchun muhim maydonga aylanganiga, bu borada Markazning faol ishtirokiga to‘xtalib o‘tildi.

Shu nuqtai nazardan Muloqot doirasida yangi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Toshkent shahrida doimiy faoliyat yurituvchi Muloqot kotibiyatini ochish masalasini ko‘rib chiqish taklifi ilgari surildi.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish