Braziliyada Sergey Lavrovning samoyotiga yonilg‘isiz qoldi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Braziliya AQShning ikkilamchi sanksiyalariga tushib qolish xavfi tufayli Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Aero Telegraph portali 22 fevral, payshanba kuni.
Resursga ko‘ra, Lavrov Rio-de-Janeyrodagi G20 sammitidan Braziliya prezidenti Lula da Silva bilan uchrashuvga Il-96 hukumat samolyotida uchishi kerak edi. Lavrov samolyotiga yonilg‘i quyishdan bosh tortilgach, Braziliya tomoni Rossiya vaziriga Braziliya tashqi ishlar vaziri Mauro Vieyra samolyotida «yo‘ldosh» sifatida Lula bilan uchrashuvga uchishni taklif qildi.
Keyinroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova vazirning samolyoti parvozga tayyorligini, yonilg‘i bilan to‘ldirilganligini aytdi. «Samolyotga yonilg‘i quyildi, Braziliya tomoni logistika bilan ta’minladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.
Manba: www.aniq.uz