Bosh prokuratura: har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chat kompensasiya
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
AOKAda Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Daraxtlar kesilishiga e’lon qilingan moratoriy ijrosini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida 4 190 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni kompensasiya tarzida ekish majburiyati yuklanishi va davlat ixtiyoriga 8,7 mlrd. so‘m undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, ijaradagi 67 778 gektar o‘rmon fondi yer maydonlari xatlovdan o‘tkazilib, 17 ta noqonuniy qaror bekor qilindi hamda noqonuniy egallangan 1 577 gektar yer maydoni o‘rmon fondi hisobiga qaytarildi, jiddiy qonun buzilishi holatlari yuzasidan 24 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Nazorat tadbirlarida 65,7 mlrd. so‘mlik 215 ming metr kub noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazilganligi holatlari yuzasidan 45 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tabiatga yetkazilgan 7,1 mlrd. so‘m zarar va 34,8 mlrd. so‘m kompensasiya to‘lovlari undirildi.
Tadbirlar davomida daryolarning muhofaza zonalarida 744 ta noqonuniy chiqindi tashlash joylari bartaraf etilib, suv havzasi mintaqalari 17 200 tonna chiqindidan tozalandi.
Hozirda qayd etilgan daryolar o‘zanlarida qonun buzilishlarni oldini olish maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari amalga oshirilib, onlayn nazorat joriy qilinmoqda.
Manba: www.aniq.uz