O‘zbekiston Ombudsmani BMT kengashi sessiyasi doirasida muhim uchrashuvlarni amalga oshirdi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Jenevaga tashrif doirasida O‘zbekiston Ombudsmani Feruza Eshmatova qator nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti boshlig‘i o‘rinbosari M.Boyanich hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Global alyansi (GANHRI) eksperti K.Krittinlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda xalqaro ekspertlar mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida qabul qilingan muhim strategiyalar va ularning ijro etilishi natijasida erishilgan yutuqlar, konstitusiyaviy islohotlar hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar, qiynoqlarning oldini olish borasidagi O‘zbekiston tajribasi haqida xabardor qilindi.
Muloqotlarda xalqaro ekspertlar tomonidan Ombudsman institutining 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro majburiyatlarning bajarilishi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda Ombudsmanlar kun tartibida turgan muhim masalalarni muhokama qilish uchun platforma sifatida xizmat qilgani alohida ta’kidlandi.
Suhbat davomida inson huquqlari sohasidagi nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistondagi ijobiy o‘zgarishlarni alohida qayd etib, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Har ikkala uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi va istiqboldagi loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Manba: www.aniq.uz