Ispaniya G‘arbiy Sohildagi “tajovuzkor isroillik ko‘chmanchilar” guruhiga qarshi sanksiyalar kiritdi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares mamlakati G‘arbiy Sohildagi “12 tajovuzkor isroillik ko‘chmanchilardan iborat birinchi guruh”ga qarshi sanksiya jarayonini boshlaganini ma’lum qildi.
Evropa Ittifoqi (EI) Qo‘shma Parlament qo‘mitasida so‘zlagan Ispaniya tashqi ishlar vaziri ikki hafta muqaddam “Ispaniya G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zo‘ravonlik qilayotgan yahudiylarni to‘xtatish va jazolash uchun bir tomonlama tartibda harakat qilishi mumkin” degan va’dasini bajarganini ma’lum qildi.
“Sukut va harakatsizlik har doim jabrdiydalarning zarariga ishlaydi”, dedi Albares. U fevral oyi oxirida bo‘lib o‘tgan YEI sammitida Vengriya tomonidan to‘siqlar tufayli mushtarak qaror qabul qila olmaganidan so‘ng Ispaniya hukumati G‘arbiy Sohildagi "12 zo‘ravon isroillik ko‘chmanchilarning birinchi guruhi" ga qarshi sanksiyalarni boshlashga qaror qilganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya Yevroittifoqdan BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligini (YUNRVA) moliyalashni davom ettirishni, Isroilga qarshi genosid ishida Xalqaro sudni qo‘llab-quvvatlashni hamda YEI va Isroil o‘rtasidagi uyushmalar to‘g‘risidagi bitimni inson huquqlari va BMTning xalqaro gumanitar huquqiga etilishi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishini bildirdi.
Ikki davlat g‘oyasini yana bir bor tasdiqlagan Ispaniya vaziri “yagona Falastin milliy ma’muriyati qoshida, koridor bilan bog‘langan, porti, dengizga chiqishi va poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan Falastin davlatini yaratish” tarafdori ekanini bildirdi.
Manba: www.aniq.uz