Evropa Ittifoqi Estoniya bosh vaziri Kaya Kallasni Yevropa diplomatiyasi rahbari sifatida ko‘rishni istamaydi — Politico
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Nashrning manbalarga tayangan holda yozishicha, Bryussel bir necha oydan beri Kallas nomzodini Jozep Borrelning vorisi roliga da’vo qilishi mumkinligini muhokama qilmoqda. Yevropaning qator yuqori martabali amaldorlari ham Fransiya prezidenti Emmanuyel Makrondan uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini kutishmoqda. Biroq, ismi sir qolishni istagan Yevropa Ittifoqi rasmiysining ta’kidlashicha, Estoniya bosh vazirini ittifoq bosh diplomati lavozimiga tayinlash g‘oyasi ayrim a’zo mamlakatlarda hamon xavotir uyg‘otmoqda.
"Menimcha, Fransiya va Germaniya bunga rozi bo‘lmaydi. Rossiyaga nisbatan o‘ta keskin kayfiyatdagi shaxs bu lavozimni egallashi xavfli, shu sababga ko‘ra u NATO bosh kotibligiga mos kelmaydi", — deya fikr bildirdi rasmiy.
Manba: www.aniq.uz