Isroil BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdanni zudlik bilan maslahatlashish uchun chaqirib oldi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Isroil BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdanni zudlik bilan maslahatlashish uchun" chaqirib oldi.
Bu haqda kecha Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kas ma’lum qildi.
"Birlashgan Millatlar Tashkilotining oxirgi hisobotida HAMASning 7 oktyabr kuni sodir etilgan vahshiyliklari, jumladan, qirg‘inlar, zo‘rlash va boshqa tizimli jinsiy jinoyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Biroq, rais jim. Harakat qilish vaqti keldi, Antoniu Guterrish. HAMAS butun dunyoda terrorchi tashkilot sifatida tan olinishi, uni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarni esa terrorizm homiylari deb atash kerak", —deb yozdi Kas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ayni paytda, BMT Bosh kotibining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik Isroilning ayblovlarni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Guterrish BMTning mojarolarda jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus vakili Pramila Patten boshchiligidagi tayyorlangan hujjat loyihasini "to‘liq qo‘llab-quvvatlagan".
Manba: www.aniq.uz