Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

Yo‘q qilingan “Sergey Kotov” kemasi Rossiya Qora dengiz floti tarkibidagi eng yangi kema bo‘lgan

Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
5 mart, seshanba kuni ertalab Rossiyaning “Sergey Kotov” kemasi yo‘q qilingani haqida Rossiyaning bir nechta harbiy Telegram-kanallari xabar berdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari tunda Qrimga raketalar, uchuvchisiz uchar qurilmalar va ekipajsiz katerlar bilan hujum qilgan, ularning so‘nggisi kemani nishonga olgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi manbalarga ko‘ra, kema ekipaji omon qolgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina hukumati kemaga hujum bo‘lganini rasman tasdiqlagani yo‘q. Ammo avvalroq “Ukrainskaya pravda” nashri Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasidagi manbasiga tayanib, aynan shu tuzilma kemani yo‘q qilgani haqida xabar bergandi.

“Sergey Kotov” patrul kateri 2021 yil boshida tantanali ravishda suvga tushirilgan edi. 2022 yil iyulida esa u Qora dengiz floti tarkibiga kirgan. O‘sha paytda “Sergey Kotov” “eng zamonaviy” patrul kemasi deb atalgan, “maxsus konstruksiya va qoplama uni dushman radarlari uchun deyarli sezilarsiz holatga keltirishi” ta’kidlangan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi saytiga joylangan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu seriyadagi kemalarga 60 kishilik ekipaj joylashtiriladi, radiotexnik va gidroakustik uskanalar, shuningdek, radioelektron qarshilik ko‘rsatish qurilmalari bilan jihozlanadi.

Qora dengiz floti tarkibida to‘rtta patrul kemasi bor. Ularning barchasi bitta loyiha bo‘yicha yasalgan. Asosiy kema — “Vasiliy Bikov” 2018 yilda ishga tushirilgan, qolgan ikkita kema — “Dmitriy Rogachev” va “Pavel Derjavin” 2019 va 2020 yillarda flot tarkibiga kirgan.


Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish