Makron Yevropa Ittifoqi davlatlarini Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda jasurlik bilan harakat qilishga chaqirdi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Fransiya prezidenti Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya bosqinidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda jasurlik bilan harakat qilishga chaqirdi.
"Biz Yevropada jasorat ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘lgan nuqtaga yaqinlashyapmiz. Agar har kuni bizda qanday cheklovlar borligini bu urushni boshlagan kishiga tushuntirib bersak, unda mag‘lubiyat ruhi ichimizga kirib boradi", — deya bayonot berdi Makron Chexiyaga tashrifida. Makron Pragaga tashrifi chog‘ida Fransiya Ukrainaga Yevropa Ittifoqidan tashqarida ham o‘q-dorilar xarid qilishda yordam berishini ma’lum qildi. "Ukrainadagi Yevropa quruqlik kuchlari yoki ko‘proq yoki kamroq jasorat ko‘rsatish haqida munozaralar kerak emas, chunki ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam bermaydi. Buning o‘rniga o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirishimiz kerak", — deya Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Fransiya prezidentining so‘zlariga munosabat bildirdi.
Manba: www.aniq.uz