AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya yadroviy xavflarni kamaytirishni muhokama qildi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya vakillari yadro qurolidan foydalanish xavfini kamaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qildi.
«Report» xabariga ko‘ra , bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan qo‘shma bayonotda aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, payshanba kuni uch davlatning yuqori martabali hukumat vakillari «yadroviy tahdidni kamaytirish» bo‘yicha sa’y-harakatlarni muhokama qilgan. Qo‘shma bayonotda ta’kidlanishicha, maslahatlashuvlar «yadro qurolining nodavlat sub’ektlarga tarqalishining oldini olish», shuningdek, «ommaviy qurollardan foydalangan holda global terrorizm tahdidining oldini olish» maqsadida uch davlat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida bo‘lib o‘tgan.
Manba: www.aniq.uz