Germaniya Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi — Germaniya kansleri
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganining ikki yilligi munosabati bilan Germaniya kansleri Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.
Olaf Shols, shuningdek, Yevropaning mudofaa salohiyatini kuchaytirishga chaqirdi.
"Xavfsizlik bo‘lmasa, erkinlik, demokratiya va inson huquqlari bo‘lmaydi. Xavfsizlikni qat’iyat va mutanosiblik bilan himoya qilishimiz kerak. Xavfsizlikning eng yaxshi kafolati bu NATO - Atlantika okeanining ikkala tomoni uchun ham", — deya ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.
"Bundesverni mustahkamlash uchun 80 milliard evro sarflanishi rejalashtirilgan. Germaniya Harbiy-havo kuchlari yangi vertolyotlar va qiruvchi samolyotlar, dengiz floti fregatlar va suv osti kemalari, quruqlikdagi qo‘shinlar zirhli transport vositalarini oladi. Germaniya havo hujumidan mudofaa tizimini raketa va dronlardan himoya qilish vositalari bilan mustahkamlanadi", — deya qo‘shimcha qildi kansler.
Manba: www.aniq.uz