O‘zbekiston va Qirg‘iziston mintaqalararo o‘zaro sayyohlik oqimini oshirish niyatida
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari "Munduz turist" kompaniyasi rahbari Umarjon Yosiddinov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Muloqot chog‘ida Qirg‘izistondagi sayyohlik kompaniyalari bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, savdo yarmarkasini tashkil etish orqali O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki davlatning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, "Munduz turist" MCHJ 100 dan ortiq mamlakatlardagi besh yuzga yaqin sayyohlik kompaniyasi va ommaviy axborot vositalari bilan ikki tomonlama shartnomalarga ega. MDH davlatlari, Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Kompaniyaning asosiy faoliyati mamlakatda etnoturizmni rivojlantirishga qaratilgan.
"Munduz turist" MCHJ har yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan sayyohlik yarmarkalari va dunyoning boshqa mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmalarida faol ishtirok etadi. Kompaniya 2023 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga besh mingga yaqin sayyoh yuborgan.
Kompaniyaning turizm sohasidagi faoliyati nafaqat Qirg‘iziston hukumati, balki qo‘shni davlatlar, xususan, O‘zbekistonning vodiy viloyatlari, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari va tumanlari ma’muriyatlari tomonidan ham yuqori baholangan.
Manba: www.aniq.uz