Bizning manzil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Beruniy mahallasi.
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani, Beruniy MFY
Qo'ng'iroq uchun:
Bizning telefon raqamimiz + 99 894 588-56-56 + 99 894 588-56-56
yoqubov.uz

Yangiliklar (Xabarlar)

Yoqubov.Uz - Innovatsion xizmatlar markazi tomonidan taqdim etilayotgan eng so'ngi yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'zbekiston yangiliklari
O'zbekiston yangiliklari
Jami 48-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Dunyo yangiliklari
Dunyo yangiliklari
Jami 1525-dan oshiq mahsulotlar joylangan.
Iqtisodiy yangiliklar
Iqtisodiy yangiliklar
Jami 574-dan oshiq yangilik joylangan.
Siyosiy yangiliklar
Siyosiy yangiliklar
Jami 162-dan oshiq yangilik joylangan.
Fan va IT yangiliklari
Fan va IT yangiliklari
Jami 69-dan oshiq yangilik joylangan.
Sport yangiliklari
Sport yangiliklari
Jami 432-dan oshiq yangilik joylangan.

O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish tezlashtiriladi

Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanib borayotgani, ular tomonidan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgani ta’kidlandi.

So‘nggi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash oshib bormoqda. O‘tgan yili uning hajmi 757 million dollarga yetdi. Kelgusida o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish uchun birgalikda barcha choralarni ko‘rish lozimligi, bunga sanoat kooperasiyasi, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport-logistika sohalarida qator qo‘shma loyihalarni izchil amalga oshirish orqali erishish mumkinligi qayd etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston xalqaro chegara savdo zonasini yaratish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish uchun chegara hududlarida ulgurji tarqatish markazlarini yaratish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, agrosanoat, to‘qimachilik, farmasevtika, kimyo, metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda sanoat kooperasiyasini chuqurlashtirish yuzasidan mavjud imkoniyatlarni ishga solish lozimligi belgilandi.

Majlisda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani, ayni paytda oliy darajadagi uchrashuv arafasida O‘zbekiston-Tojikiston ikkinchi hududlararo forumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani ma’lum qilindi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ham hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat chegaradosh hududlarida qo‘shma qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish va hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazishdan manfaatdorligini bildirdi.
Manba: www.aniq.uz



yoqubov.uz
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish
Telegram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Instagram ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish WhatsApp ijtimoiy tarmoqi orqali biz bilan bog'lanish Telefon orqali biz bilan bog'lanish Telegram boti orqali biz bilan bog'lanish Sahifani yopish