Ashxobodda TDT Oqsoqollar Kengashining 15-majlisi o‘tkazildi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Uchrashuv avvalida Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov barcha yig‘ilganlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.
Axborot hamkorimiz Turkmaniston Davlat axborot agentligi (TDH)ning ma’lum qilishicha, tomonlar samimiy, do‘stona, konstruktiv muhitda o‘zaro manfaatli bo‘lgan eng muhim masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Oqsoqollar savdo-iqtisodiy, madaniyat, ta’lim, yoshlar siyosati va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, majlis ishtirokchilari TDT Oqsoqollar kengashining 14-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha ilgari surilgan tavsiyalarni amalga oshirish jarayonini har tomonlama ko‘rib chiqib, turkiy xalqlarning siyosiy o‘zaro ishonchi va hamkorligini mustahkamlashda tashkilotning o‘rni muhimligini qayd etdilar.
Oqsoqollar insoniyat taraqqiyotiga ulkan ijobiy ta’sir ko‘rsatgan «Buyuk Ipak yo‘li»ni qayta tiklash strategiyasi alohida ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etishdi.
Shu bilan birga, Tashkilot doirasidagi hamkorlik turkiy xalqlarning boy tarixiy madaniy merosi, ko‘p asrlik an’analari va axloqiy tamoyillari asosida yaqinlashishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi.
Manba: www.aniq.uz