Litva prezidenti Navalniyning safdoshiga qilingan hujumga munosabat bildirdi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Gitanas Nauseda Kreml ta’siri ostida Vilnyusda Volkovga hujum uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi, deya xabar beradi Litva milliy radio va televideniyesi.
“Bunday ishlar oldindan rejalashtirilganligiga shubha yo‘q… Bunday ishlar rejalashtirilgani aniq, bundan hayron bo‘lmaslik kerak. Ammo shuni aytmoqchimanki, bunga maxsus xizmatlar baho beradi, tergov o‘tkazadi va umid qilamanki, aybdorlarni topadi. Putinga faqat bir narsani aytishim mumkin: bu yerda sizdan hech kim qo‘rqmaydi”, — dedi Nauseda Fransiyaga tashrifi chog‘ida.
Volkovga qilingan hujumni Litva polisiyasining Aras terrorchilikka qarshi kurashish bo‘limi tergov qilmoqda. Polisiya bosh komissari o‘rinbosari Sauliy Tamulyavichyusning aytishicha, tergov sodir bo‘lgan voqeaning bir nechta versiyalarini ko‘rib chiqmoqda.
Litva polisiyasiga ko‘ra, Leonid Volkov 12 mart kuni kechqurun Vilnyus chekkasida hujumga uchragan. Hujumchi Volkovga bolg‘a bilan kamida 15 marta urgan, muxolifatchining qo‘li va oyog‘i singan, u yura olmaydi.
Manba: www.aniq.uz