Tezkor-qidiruv: axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng qo‘llaniladi
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Qonun bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikasiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda, shu jumladan, kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
“Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek, jinoyatlarga tayyorgarlik ko‘rishga va ularni sodir etishga daxldor bo‘lgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlayotgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.
Mazkur qonun jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini yanada ishonchli ta’minlashga, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Manba: www.aniq.uz