EI uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalanilgan tovarlarni taqiqlashi mumkin
Bo'limi
Siyosiy yangiliklar, Сиёсий янгиликлар, Политические новости, Political news
Buyurtma berish
Human Rights Watch tashkiloti Yevropa Ittifoqini Xitoyning tez rivojlanayotgan avtomobil sanoatini Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi (SHUAR) majburiy mehnat bilan aloqador qonun loyihasini qabul qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda TRT.
5 mart kuni Yevroparlament va YEI Kengashi qonun loyihasini kelishib, uyg‘urlarning majburiy mehnatidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqiqlashga kelishib olgan va kecha, 13 mart kuni Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari unga ovoz berishlari kutilayotgan edi.
“Dunyo miqyosida avtomobillar, xususan, elektromobillar ishlab chiqarishda muhim material hisoblangan alyuminiyning qariyb 10 foizi SHUARda ishlab chiqariladi, bu yerda Xitoy hukumatining “ishchi kuchi bilan ta’minlash dasturlari” etnik uyg‘urlar va boshqa turkiy musulmonlarni o‘z uylaridan uzoqdagi fabrika va omborlarda ishlashga majbur qiladi. [...] Xitoyda avtomobil ishlab chiqaradigan yoki Xitoydan ehtiyot qismlar sotib oladigan kompaniyalar majburiy mehnatdan foydalanish xavfi ostida”, — deya xabar beradi inson huquqlari tashkiloti.
2022 yilda AQShda uyg‘urlarning majburiy mehnatiga qarshi shunga o‘xshash qonun kuchga kirgan edi. Ushbu hujjat bilan Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanida qisman yoki to‘liq ishlab chiqarilgan tovarlarning Qo‘shma Shtatlarga import qilinishi taqiqlanadi.
“AQShning yangi qonuni Xitoyda, xususan, Shinjonda majburiy mehnatdan foyda ko‘ruvchi kompaniyalar endi odatdagidek biznes yurita olmasligini anglatadi. [...] AQSh bojxona xizmati biznesga, Xitoyga va Amerika jamoatchiligiga AQSh hukumati majburiy mehnat va uyg‘ur xalqiga nisbatan sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlarni e’tibordan chetda qoldirmasligi haqida xabar yuborishi juda muhim”, - degan edi HRW korporativ mas’uliyat bo‘limining katta ilmiy xodimi va advokati qabul qilingan qonunni sharhlar ekan.
Manba: www.aniq.uz